Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar faolligi – jamiyat rivojining muhim omili
14:25 / 2023-02-10

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbirlar dasturi doirasida “Islomda ayollar huquqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida Islom dinida erkaklar va ayollarning tengligi, ayollarning meros, mahr, nikoh kabi masalalardagi huquq va majburiyatlari, oilaviy munosabatlar hamda shariat qoidalari, islomga oid manbalarda ayollar huquqlari, zamonaviy islom mamlakatlarida ayollar huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar eshitildi.  

Mamlakatimizda gender tenglik masalasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, milliy qonunchilikda ayollar huquqlarining asoslariga alohida urg‘u berildi.  

Shuningdek, badiiy ijod vakillari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira G.Jumayeva, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ishtirokida tayyorlangan musiqiy dastur davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.  

Anjuman yakunida yosh olimalar uchun “Ilmiy-tadqiqotlar olib borishning innovatsion usullari” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi. Unda mavzu tanlash, manbalar bilan ishlash, tadqiqotni amalga oshirish, ilmiy maqola yozish va uni chop etish, ilmiy startap loyihalar yaratish va yutib olishning samarali yo‘llari xususida so‘z yuritildi.  

 

O‘zA