Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar doimo e’tiborda
12:57 / 2022-04-15

Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi hamkorligida “Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Malika Mamadiyarova viloyatda 1 million 31 ming nafar aholining 504 037 nafarini yoki umumiy aholining 48,8 foizini xotin-qizlar tashkil etishini ta’kidladi. Hududda 869 nafar rahbar ayollar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

– Ta’lim sohasida 400 nafar, sog‘liqni saqlash tizimida 64 nafar, huquqni muhofaza qilish sohasida 5 nafar, xususiy sektorda 213 nafar, boshqa sohalarda esa 187 nafarni ayol rahbarlar tashkil etadi, – dedi M.Mamadiyarova. – Shuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlarning 115 nafari ayol deputatlardir. bugungi kunda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan navoiylik qizlar soni 29 nafarga yetdi. Viloyat bo‘yicha 20 ming 636 ta tadbirkorlik sub’ekti mavjud bo‘lib, ularning 2,3 mingdan ziyodini ayollar boshqarmoqda. 

Matbuot anjumanida Prezidentimizning 2022 yil 1 martda e’lon qilingan “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni hamda “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori ijrosi yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, 2022 yilning 7 mart kuni qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonga ko‘ra, xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar xususida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida joriy yilda ajratiladigan ipoteka kreditlari, mahallalarda yangi tashkil etilgan xotin-qizlar faoli lavozimiga tanlov jarayoni, ehtiyojmand xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ga kiritish tartibi, ayollar bandligini ta’minlash haqida so‘z bordi.  

Matbuot anjumani yakunida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi hamda Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.  

[gallery-6639]


Abduvali Bo‘riyev, 
Siroj Aslonov (surat), O‘zA