Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar bilan ishlashda yangi tizimning o‘rni
11:27 / 2022-02-14

Buloqboshi tumanida Andijon viloyati hokimligi va ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 2022 yilda xotin-qizlar bilan yangicha ishlash bo‘yicha imzolangan qo‘shma dastur doirasidagi ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari              M.Nizomova, Andijon viloyati IIB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik G.Abduvohidova, tuman, shahar hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, otinoyilar ishtirok etdi. Unda xotin-qizlar bilan yangicha ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash,  jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy, ruhiy muhit barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Seminarda qo‘shma dastur mazmun-mohiyati, aholining muammoli qatlamlari bilan ishlash bo‘yicha ishtirokchilarga keng tushuncha va ma’lumotlar berildi. Shuningdek, dastur doirasida belgilangan ishlarni samarali amalga oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA