Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
12:22 / 2026-02-18

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Tashrif Shofirkon tumanining “Do‘rman” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkor ayollar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Nozanin kelajak avlodi” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Loyiha qiymati 2 milliard 56 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur ta’lim maskani 100 nafardan ortiq bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lib, ayni paytda bu yerda 60 nafardan ziyod tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Muassasada davlat-xususiy sherikchilik asosida “Kunduzgi parvarishlash xizmati” yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 20 nafarga yaqin alohida ehtiyojli bola ushbu xizmatdan foydalanmoqda.

Shundan so‘ng Vobkent tumanidagi “Kumushkent ipagi” MCHJda pilladan ipak tolasi va momig‘i ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. Korxonada 90 ga yaqin doimiy ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, har yili ming nafarga yaqin fuqaro mavsumiy ish bilan ta’minlanmoqda. Mahsulotlarning 100 foizi xorijiy bozorlarga eksport qilinib, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston va Fransiya davlatlariga 1,4 million AQSH dollari miqdorida mahsulot yetkazib berilgan. Xodimlarning asosiy qismini xotin-qizlar tashkil etadi.

Vobkent tumani hokimligida tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularning aksar qismi joyida hal etildi. Qolgan masalalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, ijro muddatlari va mas’ul ijrochilar biriktirildi. Faol tadbirkor ayollar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

[gallery-27719]

Shuningdek, sayyor qabul o‘tkazilib, xotin-qizlarning murojaatlari tegishli idora rahbarlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi.

Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova viloyat hokimi Botir Zaripov hamrohligida “SHIRIN ETHNO HOUSE” oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilgan turizm maskani hamda “Daromadli ayol” loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yilgan kasanachilik faoliyati bilan ham tanishdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),

O‘zA muxbirlari