Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
12:48 / 2023-09-27

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanining Xalfato‘pi mahallasida 2660 nafar aholi istiqomat qiladi. Ulardan 1061 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi.

Joriy yilda “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga 80 nafar xotin-qiz kiritilib, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasidagi 48 nafariga E-auksion orqali 20 sotixdan yer ajratib berildi. Qolgan 13 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rniga joylashtirildi. Ikki nafariga subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi. Bundan tashqari, daftarga kiritilmagan 70 dan ortiq xotin-qiz turli korxona va tashkilotlarga yo‘naltirilib, bandligi ta’minlandi.

Mahallada fuqarolaridan biri Dilnoza Kushakova o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlardan. U xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Hozirda yaxshigina daromad topib, oilasi farovonligini oshirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

[gallery-13740]

Tadbirkorlikda o‘zini sinab ko‘rgan xotin-qizlardan yana biri Hilola Xo‘jaxonova “Shirinliklar dunyosi” kichik korxonasini ochib, 4 nafar shogirdi bilan qandolatchilik mahsulotlari tayyorlab, el dasturxoniga tortiq etmoqda.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA