French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar bandligi nazoratda
15:59 / 2026-02-16

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mas’ullar Zangiota tumanidagi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamda Olmazor mahallasidagi “yettilik” faoliyatini o‘rganishdi. Jarayonda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla miqyosida oilalar bilan ishlash, muammolarni barvaqt aniqlash va manzilli hal etish choralarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.  

Bundan tashqari, Quyi Chirchiq tumanida ham qator manzilli ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, Tinchlik mahallasida joylashgan 80 o‘rinli “Lyuda baraka tekstil” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishilib, ishlab chiqarish jarayonlari va yaratilgan ish o‘rinlari o‘rganildi. Korxonada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ular uchun barqaror daromad manbai yaratishga qaratilgan amaliy ishlar ijobiy baholandi.

Yangiyo‘l tumanidagi Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Bo‘ston Alimovaning  issiqxona xo‘jaligi, mavjud imkoniyatlar hamda faoliyatni kengaytirish istiqbollari atroflicha ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar chog‘ida issiqxona faoliyatini kengaytirish, xonadonlarda kasanachilikni yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlar bandligini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, mahalladagi 30 ta xonadonda ko‘kat yetishtirishni tashkil etish bo‘yicha taklif aytildi.  

Shundan so‘ng Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida xotin-qizlar bandligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, jamoaviy biznesni kengaytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mutasaddi idoralar, jumladan, oila va xotin-qizlar, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, migratsiya va ichki ishlar organlari, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi hamda Hunarmand uyushmasi hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.  

Tegishli mas’ullarning ma’ruzalari tinglanib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xotin-qizlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, manzilli va tizimli ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

Abdulaziz Musayev, O‘zA