Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar bandligi doimo e’tiborda
12:03 / 2024-06-15

Muborak Qurbon hayiti arafasida Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova Sirdaryo viloyatida bo‘lib nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Jumladan, Sirdaryo tumani A.Navoiy mahallasi Ahillik ko‘chasida yashovchi 2 nafar nogiron farzandi bo‘lgan Shaxnoza Gallayeva bu qutlovdan xursand bo‘lib, yurtimiz tinchligiga shukrona keltirdi.

Shuningdek, Z.Mahkamova mahallada  tashkil etilayotgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatlik markazida bo‘ldi. Bu yerda xotin-qizlar uchun barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Markaz kelgusida mahalla ayollarining salomatligini saqlash barobarida, o‘zaro fikr almashish uchun ham qulay maskanga aylanishini ta’kidladi.  

Mirzaobod tumani Dehqonobod mahhalasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlik markazi va uzum, anor va malina bog‘larining faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. “Sayxun tajribasi” asosida xonadonlarda tashkil etilgan issiqxona va tomorqadan unumli foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar ham e’tirof etildi.  

Bosh vazir o‘rinbosari  mahallada anor sharbatini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan qo‘shma korxonada ishlayotgan xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi. Mirzaobod tumani mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA muxbiri.