Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani Oila va xotin-qizlar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Bugungi kunda tumanda 58 ming 676 aholi bo‘lib, shundan ayollar 29 ming 237nafarni tashkil etadi. Joriy yil boshidan 1 ming 641 nafar xotin-qiz ishsiz bo‘lib, shundan 750 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. 441 nafari doimiy ishga joylashtirildi. 210 nafar xotin-qiz pillachilik bo‘yicha, 60 nafari o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitildi. 120 nafar ayol pillachilik bo‘yicha “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ishga joylashtirildi. 862 nafar xotin-qizga 5 milliard 402 ming so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Tumandagi “Oybo‘yir”, “Navro‘z” hamda “Oqjap” ovul fuqarolar yig‘inlarida ishlab chiqarish sexlari tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 21 sentyabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori asosida “Tozabozor” hamda “Oybuyir” ovul fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etildi.
[gallery-26301]
Tumanda bugungi kunda 100 nafardan ortiq hunarmand bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 11 martdagi “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ustoz-shogird hisobidan har biri 5 nafardan kambag‘allik reyestriga kiritilgan xotin-qizga hunarmandchilik sirlarini o‘rgatib, oilalariga qo‘shimcha daromad kiritilishiga ko‘maklashib kelmoqda.
Xususan, hunarmand, “Shuhrat” medali sohibasi Oltinoy Naubetovaning shogirdi avval “Ayollar daftari”da turgan Bayramgul Bekbergenova qo‘y junidan gilam to‘qish va kigiz bosish sirlarini ustozidan o‘rganib, hozirgi kunda “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini binosidan xona olib, ishlab kelmoqda. Ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Malika” go‘zallik saloni boshqaruvchisi yakka tadbirkor Malika Boboyeva tuman “Xalq banki”dan imtiyozli 100 million so‘m miqdorida kredit olib, hozirda 8 nafar ishsiz xotin-qizning bandligini ta’minladi.
Shuningdek, “Tozabozor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Issiq non" sexi boshqaruvchisi Zohida Xudaybergenova tuman aholisiga 6 turdagi non mahsulotini yetkazib bermoqda. Ayni paytda u “Xalq banki”dan 33 million so‘m imtiyozli kredit olib, faoliyatini samarali davom ettirib kelmoqda. Bu yerda 5 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan.
“Begjap” ovul fuqarolar yig‘ini “Shomanay Meridian” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruvchisi Feruz Jo‘rayev 1 gektar maydondagi issiqxonasida qulupnay yetishtirib, ichki bozorga arzon mahsulot yetkazib bermoqda. Bu yerda 12 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari tuman hududida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aiPk-QShkf4" title="Xotin-qizlar bandligi doimiy e’tiborda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev, O‘zA muxbirlari