Xosiyat Rustamovaning uchta kitobi AQSHning amazon.com saytida sotuvga qo‘yildi
Taniqli o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning uchta kitobi - “O‘n uchinchi oy” Meksikada, “Rangli ko‘zyoshlar” Londonda, “Meni yuraklardan top” AQSHda ko‘p ming nusxada nashr etilgan.
Albatta, kitoblari dunyoning o‘ttizga yaqin davlatida nashr qilinib, qator xalqaro adabiy mukofotlarni qo‘lga kiritgan o‘zbek shoirasining muvaffaqiyati milliy adabiyotimizning ham nufuzini oshirmoqda.

Shoira Xosiyat Rustamovaning yuqorida nomlari qayd etilgan kitoblari AQSHning mashhur amazon.com sayti orqali sotuvga qo‘yildi.
Bu, albatta, nafaqat shoira uchun, balki she’riyat ixlosmandlari uchun ham faxrlanishga arziydigan voqelik. Bu yutuq bilan mualifni qutlab, ijodida omad tilaymiz.

O‘zA