English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xoshamet– 2022”: eng munosiblar g‘olib bo‘ldi
15:01 / 2022-12-28

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Xoshamet — 2022“ mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish, yosh avlod vakillarini ma’naviy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalashda davlat, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi.  

bugungi kunda barcha sohalarda va o‘quv muassasalarida tengdoshlariga teran bilimi, faoliyati va tashabbuslari bilan namuna bo‘layotgan yoshlarga mamlakatimizning kelajak poydevorlari sifatida qaralmoqda. Yurtimizda turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni atroflicha qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat mukofotlari, stipendiyalar va har xil grantlar joriy etilgan.  

[gallery-10100]

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan mamlakatimizda madaniyat, san’at, ijodiyot, jurnalistika, sport sohalarini va tadbirkorlikni keng rivojlantirish, tinchlikni ta’minlash, shuningdek mazkur sohalarda yutuqlarga erishgan eng fidoiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2017 yildan buyon “Xoshamet” mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkazilib kelinmoqda.  

Marosimda o‘z xizmat vazifasini bajarishda fidoiylik ko‘rsatib, yuqori natijalarga  va jamiyatda hurmat-e’tiborga ega, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi maqsad va vazifalarini amalga oshirishda fidoiylik ko‘rsatayotganlar taqdirlandi. “Yilning eng faol yoshlar ustoziˮ, “Yilning eng faol hokimiˮ, “Yilning eng faol sektoriˮ, “Yilning eng faol hamkor tashkilotiˮ, “Yilning eng faol yoshlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosariˮ, “Besh tashabbus olimpiadasining Respublika bosqichida mahalla yoshlari eng ko‘p o‘rin olgan yoshlar yetakchisiˮ, “Yilning eng faol sardoriˮ,  “Yilning eng faol yosh tadbirkoriˮ, “Yoshlarni tarbiyalashdagi faolligi uchunˮ, "“Kamalakˮ bolalar tashkiloti fidoiysiˮ “Mehr-saxovat timsoliˮ  kabi 22 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.  

– Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni har tomonloma qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Yilning eng faol yoshlar ustozi“ nominatsiyasi g‘olibi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston kengashi raisi, senator Ulug‘bek Jalmenov. – Kasaba uyushmalari hamisha yoshlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Jumladan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli talabalar uchun “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” joriy etildi. Kamtarona mehnatimizni baholab, mana shunday mukofotga sazovor ko‘rilganimdan xursandman.  

Mukofot egalari maxsus diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Tadbir san’at ustalarining gala konserti bilan yakunlandi  

 

Dovud ABIBULLAEV,  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA