Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Xoshamet – 2020» g‘oliblari taqdirlandi
23:43 / 2020-12-20

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida “Xoshamet-2020” yilning eng faollarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini orttirishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish, yosh avlod vakillarini ma’naviy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash borasida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. bugungi kunda barcha sohalarda va o‘quv muassasalarida tengdoshlariga bilimi, faoliyati va tashabbuslari bilan namuna bo‘layotgan yoshlarimiz mamlakatimizning rivojida kelajak poydevorlari sifatida qaralmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan madaniyat, san’at, ijodiyot, jurnalistika, sport sohalarini va tadbirkorlikni keng rivojlantirish, tinchlikni ta’minlash, shuningdek mazkur sohalarda yutuqlarga erishgan eng fidoiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Xoshamet” mukofotini tantanali topshirish marosimi 2017 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Mazkur mukofot bilan asosan kundalik hayotimizning barcha javhalari va sohalarida fidoyilik ko‘rsatayotgan yoshlar, shu jumladan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda namuna ko‘rsatayotgan davlat va jamoat boshqaruv organlari rag‘batlantiradi.

“Yoshlar festivali” doirasida o‘tkazilgan tadbirda 20 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Jumladan,  “Yilning eng faol yoshlar ustozi”,  “Yil faoli”,  “Yilning eng faol tuman va shahar Sardorlar Kengashi”, “Yilning eng faol hamkor tashkiloti”, “Yilning eng faol yoshlar ishlari agentligi shahar, tuman bo‘limi” “Yilning eng faol hokimi”, “Yil fidoyisi” ,“Yoshlar hayotini yoritishdagi faolligi uchun”,  “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil ko‘ngillisi”, “Yilning eng quvnoq va zukko yoshlari”  va boshqa nominatsiyalar g‘oliblari taqdirlandi.

“Yil g‘oyasi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganimdan xo‘rsandman,deydi Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali talabasi Rustamjon Madreymov.

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (BAA) bilan hamkorlikda e’lon qilingan «Orol dengizi sho‘rlangan yerlarida innovatsion startap loyihalari tanlovi»da mening “Saksovul urug‘ini ekish uchun quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qurilma ishlab chiqish” startap loyiham g‘olib bo‘ldi va  338,2 million so‘m miqdorida moliyalashtirilishi belgilandi.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA