English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xose Antonio Kast Chili prezidenti etib saylandi
23:55 / 2025-12-15

Nomzod Xose Antonio Kast Chilida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonib, hozirda hukmronlik qilayotgan markaziy so‘l hukumatni “dog‘da qoldirdi”, deb yozmoqda “Al Jazeera” nashri.

Ta’kidlanishicha, ushbu saylovning ikkinchi turida Kast 58 foiz ovoz olgan. Uning asosiy raqibi o‘lka mehnat va ijtimoiy himoya vaziri lavozimida ishlagan Kommunistik partiya a’zosi Janet Xara esa 41,70 foiz saylovchining qo‘lloviga ega bo‘lgan. 

Saylov byulletenlari hisoblab chiqilganidan ko‘p o‘tmay, Xara va uning “Chili uchun birlik” koalitsiyasi mag‘lubiyatni tan oldi.

Kast saylovoldi kampaniyasida mamlakatdagi 300 mingdan ortiq noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish, Chilining shimoliy chegarasini yangi to‘siqlar bilan mustahkamlash hamda ichki xavfsizlikda armiyaning rolini kengaytirishni va’da qilgan. Shu bilan birga, u dastlabki 18 oy ichida davlat xarajatlarini 6 milliard dollarga qisqartirishni ta’kidlagan. 

– Bu shaxsiy yutuq ham, partiya yutug‘i ham emas, bu demokratiyaning g‘alabasi, - dedi Kast o‘z nutqida.

O‘.Alimov, O‘zA