Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorvatiyada yuz bergan yog‘ingarchilik toshqin va ko‘chki keltirib chiqardi
20:02 / 2022-11-23

Seshanba kuni Xorvatiyaning Adriatika dengizi sohilidagi barcha tumanlarda meteorologik xavfning “qizil” darajasi e’lon qilindi, shamol tezligi soatiga 120 kmga yetdi, deb xabar qildi mahalliy “Index” portali.

Shu bilan birga dengizdagi suv sathi ko‘tarildi. Split, Shibenik va Trogir shaharlarida suv qirg‘oqni bosdi. Ayrim yo‘llarda transport harakati to‘xtadi, qator tumanlarda ko‘chki, tosh qulashi sodir bo‘ldi.

Shuningdek, Sloveniyada sohilga suv toshqini xavfi, ikkinchi kundirki, saqlanib qolmoqda. Mamlakatning bir qismida kuchli shamol esib, ko‘p joyda daraxtlarni yerdan yulib oldi. Bo‘ron tufayli Koper porti yopildi, deb yozdi “RTV SLO”.

G.Abdullayeva, O‘zA