Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorvatiyada prezidentlik saylovi
12:35 / 2024-12-29

Bugun Xorvatiya yana besh yillik muddatga prezidentni saylaydi. Davlat rahbari lavozimiga sakkiz kishi da’vogarlik qilmoqda, - deb yozgan TASS.

Mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da mamlakat bo‘ylab ochilgan 6650 saylov uchastkasida ovoz berish 19:00 gacha davom etadi.

Davlat saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda ayni payt 3 762 224 fuqaro ovoz berish huquqiga ega, ularning qariyb 250 ming nafari xorijda yashaydi.

Nomzodlarning ikkisi favorit: 2020 yil 5 yanvarda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi ikkinchi bosqichida ushbu lavozimga birinchi marta saylangan amaldagi yetakchi Zoran Milanovich va uning asosiy raqibi, mustaqil nomzod Dragan Primorac. Da’vogarlar safida “Most” partiyasi vakili Miro Bul, mustaqil nomzod Tomislav Yonich, “Mojemo” chap qanot siyosiy partiyasi yetakchisi Ivana Kekin, DOMiNO partiyasi raisi o‘rinbosari Branka Lozo, mustaqil nomzodlar Mariya Selak Raspudich  va Niko Tokich Kartelo ham bor.

Agar hech kim 50 foizdan ko‘p ovoz ololmasa, 14 kundan keyin o‘tkaziladigan ikkinchi turda bugun nisbatan ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod kurashni davom ettiradi.

Xorvatiyaliklar mamlakat tashqarisida ochilgan 105 saylov uchastkasida ham ovoz beradi. Tadbirda 13 400 ga yaqin kuzatuvchi hamrohlik qilmoqda. Bu besh yil avvalgi rekord ko‘rsatkich – 24 270 nafardan ancha kam.

M.Pirmatova, O‘zA