Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorvatiya yevroni qabul qiladi va Shengen hududiga qo‘shildi
08:57 / 2023-01-03

Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgandan keyin qariyb o‘n yil o‘tgach, 2023 yilning 1 yanvaridan Xorvatiya Shengen zonasi va yevrozonaga qo‘shildi. Shunday qilib, Shengen hududidagi a’zolar soni yigirma yettitaga yetdi. Bu haqda “Yevronyus” telekanali xabar berdi.

3,9 million aholisi bo‘lgan Xorvatiya sobiq Yugoslaviya Respublikasidan ajralib chiqqan.  

Yevropa valyutasi anchadan beri bu mamlakatda muomalada bo‘lgan, undan eng ko‘p mulk va avtomobil sotuvida foydalanilgan.

Yevrohududiga qo‘shilish Xorvatiya iqtisodiyotini himoya qilishda yordam beradi, deyishadi ekspertlar.  

Ikki hafta davomida milliy valyuta – kuna va yevrodan parallel ravishda mamlakat hududida foydalanish mumkin. Kuna 1994 yildan beri muomalada bo‘lgan.  

Xorvatiya YeIning quruqlikdagi eng uzun chegarasiga ega davlatga aylandi, u 1350 kilometrni tashkil etadi. YeIga a’zo bo‘lmagan Bosniya-Gersogovina, Chernogoriya va Serbiya bilan Xorvatiyaning jiddiy chegara rejimi amal qilishda davom etadi.

 

O‘zA