Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijliklarga uy-mehmonxona afzalmi?
14:58 / 2019-05-21

Bugungi kunda turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi yil sayin oshmoqda.


Bugungi kunda turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi yil sayin oshmoqda. Bu esa turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shunga monand ravishda mehmonxonalar tizimida ham jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Bunda uy-mehmonxonalarga talab ortayotgani kishini quvontiradi.

–Viloyatimizda 64 ta oilaviy uy-mehmonxona mavjud, – deydi Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamentining Turizm faoliyatini litsenziyalash sho‘basi mudiri Farrux O‘rolov. – Xorijlik sayyohlar orasida ham hashamatli mehmonxonalardan ko‘ra oddiy uy-mehmonxonalarga qiziqish katta. Jumladan, o‘tgan yili 1034 nafar xorijlik sayyoh oilaviy uy-mehmonxonalardan foydalangan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 2028 nafar xorijlik uy-mehmonxonalardan foydalanishni ma’qul ko‘rgan. Mahalliy sayyohlar ham uy-mehmonxonalar xizmatidan foydalanmoqda. 2018 yilda ular soni 822 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 1 may holatiga 394 nafar yurtdoshimiz uy-mehmonxonalarda tunagan. 

Registon maydoni yaqinida yashovchi Marhabo Nurillaeva ham turizm sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalangan holda oilaviy biznesini yo‘lga qo‘yish orqali farzandlari ishli bo‘lishini maqsad qilib, “MARXABA MOTEL GOLD” oilaviy uy-mehmonxonasi tashkil etdi.

–2018 yil oktabr oyidan hovlimizda uy-mehmonxona faoliyatini yo‘lga qo‘ydik, – deydi Marhabo Nurillaeva. – Ayni paytda har biri ikki kishilik 5 ta xonamiz bor. Mehmonlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Talabga ko‘ra, ertalab nonushta tayyorlab beramiz. Ba’zi xorijlik mehmonlar kechki ovqat uchun oilada tayyorlanadigan milliy taomlarimizdan tanovul qilish istagini bildirishadi. Ularni ham dasturxonimizga taklif qilamiz. Joriy yilning o‘tgan davrida 50 nafardan ortiq xorijlik va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatdik.


1.JPG

5.JPG

7.JPG

8.JPG

20.JPG