Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijliklar bilan onlayn muloqot
15:04 / 2020-07-17

Xitoy Xalq Respublikasining Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi ekspertlari ishtirokida onlayn oʻquv seminari tashkil etildi.


Xitoy Xalq Respublikasining Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi ekspertlari ishtirokida onlayn oʻquv seminari tashkil etildi.

“Oʻzstandart” agentligi fermer xoʻjaliklari va eksportyor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xitoyning sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi (CCIC) ekspertlari ishtirokida onlayn oʻquv seminari tashkil etdi.

Unda “CCIC Almaty” tashkiloti bosh direktori Syuy Vensyan, ushbu tashkilotning muvofiqlikni baholash boʻyicha ekspertlari, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi masʼul xodimlari, fermer xoʻjaliklari va eksportyor korxona vakillari ishtirok etdi.

CCIC ekspertlari ishtirokchilarga prezentatsiya orqali qishloq xoʻjaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni Xitoyga eksport qilishdagi talablar, sinov va sertifikatlashtirish jarayonlarini tushuntirdi.

Shuningdek, jahon bozorida qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga qoʻyilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borayotganligi sababli, Xitoy davlatida yetishtirilayotgan mahsulotlarning milliy va xalqaro bozorlardagi oʻrnini mustahkamlash uchun GLOBAL GAP va Organic standartlarni joriy etishga alohida eʼtibor berilayotganligini taʼkidlab oʻtildi.