Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik yana bir o‘qituvchi Buxoroda ishlaydi
15:30 / 2024-02-07

Mamlakatimizda rus tili va umumiy fanlarni rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “Zo‘r!” (“Klass”) loyihasi doirasida ayni paytda Buxoro shahridagi 42-, Jondor tumanidagi 1- hamda Romitan tumanidagi 3-umumta’lim maktablarida 3 nafar rossiyalik pedagog o‘quvchilarga rus tili, matematika va biologiya fanlaridan saboq bermoqda.

Yana bir xorijlik mutaxassis Buxoro tumanidagi 2-umumta’lim maktabida ish boshladi.

Rossiyalik fizika fani mutaxassisi Oksana Ovcharenko endilikda mazkur maktabda fizika fanining sir- asrorlarini buxorolik o‘quvchilarga o‘rgatadi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri