Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik tadbirkorning 76 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘i undirib berildi
12:35 / 2023-07-17

Yurtimizda tadbirkorlik sub’ektlarining erkin faoliyat yuritishida biznes muhitini yaxshilash alohida nazoratga olingan bo‘lib, qulaylik yaratish, sohani rivojlantirish va investitsiya jalb qilishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo shu bilan bir qatorda tadbirkorlarning o‘zaro hamkorlik jarayonida turli nizolar ham uchramoqda.

Toshkent shahar iqtisodiy sudining joriy yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “L.F.Omad”dan “GST Korea Co.LTD“ kompaniyasi foydasiga 76750 AQSH dollari qarzdorlik undirish belgilangan.  

Ushbu  hujjat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Rahmatullayev olib borgan ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaning bank hisob raqamiga inkasso va band solinib, yuqorida ko‘rsatilgan qarz chet el tashkiloti foydasiga to‘liq undirildi.  

 

O‘zA