Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik sayyohlar tashrifi ko‘paymoqda
22:44 / 2023-06-07

Turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Jizzax viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi tomonidan markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Mamlakatimizda turizm sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga berilayotgan yuksak e’tibor natijasida Jizzax viloyatida ham turizm yildan-yilga rivojlanmoqda.  

Davlatimiz rahbarining joriy yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori soha rivojida muhim dasturilamal bo‘ldi. Joriy yilda viloyatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalar aniq  belgilangan.

Dastlab, press-tur ishtirokchilari Zomin tumani musiqa va san’at maktabi, tuman madaniyat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Bu yerda maktab tarbiyalanuvchilari, folklor jamoalar va havaskor yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.  

Press-tur ishtirokchilari Zomin suv ombori va Zomin qurtlarini tayyorlanish va savdosi jarayonlari bilan tanishtirildi. Hunarmand Malohat Egamova qo‘l mehnati orqali yaratgan yumshoq qo‘g‘irchoqlari, xorijiy sayyohlarning e’tiborini tortganini va chet ellik turistlar, bu qo‘g‘irchoqlarni o‘zlari uchun eng go‘zal sovg‘a deya e’tirof etganlarini ham alohida ta’kidlash lozim.

[gallery-12246]

Shundan so‘ng, ishtirokchilar “Duoba” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan sayyohlar uchun ovqatlanish shoxobchasi sifatida qurilishi yakuniga yetib, faoliyatini boshlangani va 5 nafar yoshni ish bilan ta’minlangan yemakxonada bo‘ldi va u yerdagi Zomin milliy taomlari bilan tushlik tashkil etildi.

Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yaratilgan joylashtirish vositalari faoliyati ishtirokchilarga juda ham manzur bo‘ldi. Bu hududdagi jahon andozalariga mos ravishda barpo etilgan “Yevyeryest Plaza” mehmonxonasidagi sayyohlar uchun yaratilgan  qulayliklar, xonalardagi mavjud sharoitlar va hatto, mehmonxonani quchoqlab olgan so‘lim tabiat tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.  

Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb etish maqsadida tumandagi eng baland tog‘ bag‘rida joylashgan Suffa platosida “Wyndham Ramadan” osma dor yo‘li tadbir qatnashchilarining alohida diqqat markazida bo‘ldi. Uzunligi 2 ming 200 metrdan ortiqni, sayyohlar uchun 35 har biri 8 o‘rinli va 1 favqulodda holat uchun jami 36 kabina tashkil etuvchi ushbu osma dor yo‘li xorijning eng so‘ngi texnologiyalari asosida barpo etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng uzun dor yo‘li ekanini ham shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish e’tiborga joizdir.  

Joriy yilning birinchi choragi davomida 10 mingdan ortiq xorijiy sayyohlar Jizzax viloyatining turli hududlarida bo‘lib, u yerdagi tabiat va ziyoratgohlardan bahra oldi. Ushbu osma dor yo‘li va zamonaviy mehmonxonalar bunyod etilib, o‘z faoliyatini boshlagach, xorijlik sayyohlarning kelishi keskin ortishi kutilmoqda. Joriy yil davomida viloyatga keluvchi sayyohlar soni 140 mingdan ziyod xorijiy sayyohlarni jalb etilishi ko‘zda tutilgan.  

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA