English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik sayyohlar e’tiboridagi qishloq
07:36 / 2022-05-31

FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyatining Nurota tumani markazidan 120 kilometr uzoqda joylashgan Sentob qishlog‘i hududdagi diqqatga sazovor sayyohlik yo‘nalishlaridan biri.

Qishloq o‘zining so‘lim tabiati, qadim sivilizatsiya maskanlaridan biri ekani bilan mahalliy va xorijlik sayyohlar e’tiborini tortib keladi. U Aydarko‘ldan 30 km yiroqda joylashgan bo‘lib, shahar g‘ala-g‘ovuridan charchagan har bir kishi uchun ajoyib maskandir. Bu yerning hayvonot va nabotot olami boy, ulardan ayrimlari O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Qishloq bo‘ylab sayr qilarkansiz, noyob va puxta o‘ylab qurilgan qadimiy shahar qoldiqlariga tushib qolganday bo‘lasiz.

[gallery-7347]

Shuningdek, mazkur hududda sayyohlarning mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida xonadonlarda hunarmandchilik maskani va kichik muzeylar tashkil etilgan. Sayyohlar uchun tog‘ bo‘ylab sayohat tashkil etish xizmati xam yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

 

Siroj ASLONOV (surat),O‘zA