Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik sarmoyadorlar Surxondaryoda
12:04 / 2025-07-11

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xorijlik investorlarga yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti yer osti va yer usti nodir boyliklariga serob Surxondaryo viloyatiga ham chet ellik sarmoyadorlar qiziqishini oshirmoqda. O‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida vohaga kelib, taklif va g‘oyalarini o‘rtaga tashlayotgan xorijlik sarmoyadorlar safi kengayib bormoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning bir yo‘la Fransiya, Hindiston, Afg‘oniston, Pokiston va Xitoy davlatlaridan kelgan sarmoyadorlar delegatsiyalari bilan uchrashuvi ham xorijlik investorlarda vohadagi loyihalarga katta qiziqish borligi ko‘zga tashlandi. 

Samimiy ruhda o‘tgan o‘zaro muloqotda Fransiyaning “Stone City Energy”, Hindistonning “Glocal Euroasia”, Afg‘onistonning "Afghan German Company", Pokistonning “NajeeB Fibers” LLC hamda Xitoyning “Teca Technology Wuhan Company Limited”, “Henan Dazhou Machinery Equipment Co., Ltd”, “Bedley Hong Kong International Limited”, “Horgos Hongheyuan International Trade Co., Ltd” kompaniyalari vakillari bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama etildi.

Muzokaralarda investorlarning bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi, mis qazib olish va qayta ishlash klasteri tashkil etish, ko‘p qavatli turar joy majmualarini qurish, ip-kalava, mato, tayyor kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarish, mis hamda ko‘mir qazib olish va qayta ishlash loyihalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida xorijning yetakchi ushbu kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirib, qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri