Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik mutaxassislar Asaka tumanida bo‘ldi
11:48 / 2026-02-02

Amerika Qo‘shma Shtatlari Garvard universitetining bir guruh professor va mutaxassislari Asaka tumanida bo‘ldi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, turli xastaliklarni erta aniqlash va samarali davolashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bu borada xalqaro loyihalar doirasida xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik ijobiy natijalar bermoqda. 

Hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida AQSHlik bir guruh professor va mutaxassislar Asaka tumani tibbiyot birlashmasida, birlashma tasarrufidagi shifoxonada bo‘lib, aholi o‘rtasida kolorektal rakni erta bosqichda aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda shifokorlar va mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazdi.

[gallery-27421]

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hamkorlikdagi 2 yilga mo‘ljallangan loyihaning asosiy maqsadi kolorektal rak hamda uni keltirib chiqaruvchi omillarni barvaqt aniqlash orqali insonlar hayotini saqlab qolishga, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan. 

Kelishuvga ko‘ra, AQSHlik mutaxassislar joriy yilning aprel oyida tumanda amaliy ishlarni boshlaydi. 

 F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari