Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik kurash mutaxassislari Toshkentda
16:01 / 2025-10-23

Ertaga Toshkent davlat transport universitetida milliy sportimiz kurash bo‘yicha xorijlik kurash mutaxassislari uchun uch oylik o‘quv kursining yakuniy bosqichi boshlanadi.

Bugun, 23 oktyabr kuni mazkur kurs mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun bir qator davlatlarda faoliyat yuritayotgan kurash mutaxassislari yurtimizga yetib keldi.

Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xalqaro kurash instituti mutaxassislari kutib olishdi.

29 oktyabrga qadar davom etadigan mashg‘ulotlar ishtirokchilar uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyish etish, yangi tajriba orttirish hamda kurash to‘g‘risidagi bilimlarini boyitish sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘ladi.

Kurs yakunlari bo‘yicha tinglovchilar imtihon topshirgan holda mutaxassislik sertifikatlariga ega bo‘lishadi.

E’tiborli jihati, aynan mazkur mashg‘ulotlar orqali dunyo mamlakatlarida kurash sportining malakali mutaxassislari soni ortadi. Bu, milliy sportimiz kurashning xalqaro maydonda ommalashishiga xizmat qiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA