Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik ijodkor ijodi haqida ko‘rgazma
17:28 / 2023-03-16

O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan «Nemis shoiri Genrix Geyne ijodi haqida» bosma adabiyotlar fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish, O‘zbekiston – Germaniya o‘zaro madaniy aloqalari tarixi haqida keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi Genrix Geyne nomidagi universitet o‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.  

Tadbir davomida bino bo‘ylab ekskursiya, hujjatli kinofilmlar namoyishi, ovozli hujjatlardan eshittirishlar, interaktiv muloqotlar hamda davra suhbatlari tashkil etildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA