Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy valyutani olib chiqib ketayotgan fuqaro aniqlandi
15:09 / 2023-12-04

Buxoro viloyatining “Olot” chegara bojxona posti orqali belgilangan me’yordan ortiqcha bo‘lgan naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketishga bo‘lgan uringan shaxs to‘xtatib qolindi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 yanvardagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori talablari asosida bojxona organi xodimlari tomonidan belgilangan me’yoridan ortiqcha bo‘lgan naqd valyuta mablag‘larining yurtimiz hududidan olib chiqib ketilishi ustidan bevosita nazorat amalga oshiriladi.  

“Olot” chegara bojxona posti orqali xorijiy davlatga chiqib ketish niyatida bo‘lgan fuqaro bojxona nazorati zonasidan harakatlanish chog‘ida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmagan holda belgilangan me’yordan ortiqcha bo‘lgan 11 465 AQSH dollarini olib chiqib ketishga uringan chog‘ida to‘xtatib qolindi.  

Ma’lumot uchun: tegishli qonunchilik talablariga binoan jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 million so‘mdan ortiq bo‘lgan naqd valyuta mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etilib, olib chiqib ketishga ruxsat etiladi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri