French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy tillarni o‘rganishga e’tibor kuchli
11:51 / 2026-01-09

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda Koreys tili ustozlarini qayta tayyorlash dasturi doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida tashkil etildi.    

Tantanali tadbirda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar jarayonlarida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.      

Unda dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ustozlarga diplomlar topshirildi.    

Aytish kerakki, ustozlarni kasbiy qayta tayyorlash loyihasi 2025 yilning iyul oyidan 2026 yilning yanvar oyiga qadar gibrid —onlayn va offlayn shaklda amalga oshirildi.        

Unda har bor ishtirokchi o‘qituvchi o‘zi ishlaydigan maktabda amaliyot o‘tadi. Kurs 972 soatni tashkil etdi. Bunda 144 soat offlayn, qolgan mashg‘ulotlar esa onlayn tartibda o‘tkazildi.        

Loyiha doirasida hududlarda seminarlar ham bo‘lib o‘tdi. Dasturda 55 nafar o‘qituvchi qatnashdi. Shuningdek, koreys tili ustozlarini qayta tayyorlash dasturida Koreya Respublikasidan kelgan xorijlik mutaxassislar tomonidan mahorat darslari ham tashkil qilindi.          

N.Usmonova,

O‘zA