Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha yana bir hamkorlik
17:18 / 2021-06-21

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi va Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi o‘rtasida davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirish hamda davlat organlarini yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan ta’minlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

– Markazimiz tomonidan 2020 yil oktyabr oyida Respublikada ilk marotaba “English for Science” dasturi tashkil etildi. bugungi kunda mazkur dasturning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Ushbu markazda malakali mahalliy va xorijiy pedagoglarni jalb qilgan holda Oksford va Kembridj universitetlari dasturlari asosida ingliz tili o‘quv kurslarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi, – deydi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori o‘rinbosari Farrux Aminov.

Imzolangan hamkorlik natijasida Markaz tomonidan Uchtepa tumani hokimligi xodimlarining ta’lim dasturi va kasbiy yo‘nalishlari doirasida til ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash maqsadida 3 oy muddatda haftada 2 kun ingliz tili darslari yo‘lga qo‘yiladi.

Uchtepa tuman hokimi maslahatchisi Maktuba Aripova mazkur shartnomaning afzalliklari haqida so‘z yuritib, quyidagilarni ta’kidladi:

– Endilikda Uchtepa tumani hokimligining 42 nafar xodimiga Markazning malakali pedagoglari tomonidan chet tilini o‘zlashtirishi uchun xalqaro miqyosdagi dasturlar asosida bilim beriladi. Bundan tashqari, hokimlik xodimlari xalqaro miqyosda imzolanadigan memorandumlar, ish yuritish hujjatlari yuzasidan ham tushuntirish oladi. Bu, albatta, har bir xodimimizning kelgusidagi faoliyati ijobiy tomonga o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi davlat boshqaruvi xodimlarida jamiyat va mamlakat rivoji yo‘lida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish va yurt ravnaqi uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro grant va loyihalarda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini oshirishni ko‘zda tutadi.

 

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA