French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
14:06 / 2024-03-13

Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish zamon talabi hisoblanadi. Bu kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy jihatdan dunyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda mamlakat nufuzini yanada yuksaltiradi. Chet tillarini o‘qitishga, yosh kadrlarni salohiyatli bo‘lib yetishishi yo‘lida xalqaro hamkorlikning o‘rni beqiyos.

Bu borada Yoshlar agentligi tizimida ham ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev va Germaniyaning “GP Gyunter Papenburg” kompaniyalar guruhining boshqaruvchi direktori Angela Papenburg o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deyiladi Yoshlar agentligi ma’lumotida.  

Muloqot davomida o‘zbekistonlik yoshlarni nemis tiliga o‘qitish hamda ularni “Ausbildung” dasturi orqali ta’lim olishlari bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi. Jumladan, yozgi ta’tilda 10 nafar o‘zbekistonlik maktab o‘quvchisini “Papenburg” kompaniyasiga yuborish, nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar uchun kasbga yo‘naltirilgan videodarsliklarni tayyorlashda hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Bugungi kunda “Papenburg” kompaniyasida 100 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar kasbiy (ausbildung) ta’lim olmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2023-yilda 13 nafar yosh nemis tili o‘quv kursi xarajatlari qoplab berilgan va Germaniyaga yuborilgan. Ularning 10 nafari mazkur kompaniyada kasbiy ta’lim olmoqda.  

 

M.Madaminova, O‘zA