Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab aniqlandi
23:27 / 2023-08-17

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov 14-16 yosh oralig‘idagi o‘quvchilar o‘rtasida uch bosqichda o‘tkazilib, unda 6 ming  882 maktabning 34  ming 410 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.  

Tanlovning yakuniy bosqichi 14-17 avgust kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilib, unda 14 hududdan eng yaxshi 70 nafar o‘quvchi qatnashdi.

[gallery-13155]

Respublika bosqichida jamoalar bilimi Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment English tashkilotining imtihon tizimi asosida baholandi. Bunda o‘quvchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari xalqaro sertifikatsiya asosida sinovdan o‘tkazildi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlovning respublika bosqichida Namangan viloyati Namangan shahridagi 7-maktab 1-o‘ringa loyiq deb topildi. Toshkent shahri Yashnoobod tumanidagi 145-maktab 2-o‘rinni zabt etdi. Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 1-maktab esa 3-o‘rinni egalladi.

Tanlovda til ko‘nikmalari nominatsiyalari sovrindorlari va mutloq g‘oliblar ham aniqlandi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA