Xorijiy til o‘qituvchilari uchun mahorat darsi
Zarafshon shahrida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi filiali tomonidan ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun “English speaking nation: English Summer Excellence Training Program” dasturi doirasida mahorat darslari tashkil etildi.
Amerikalik ingliz tili fani mutaxassislari o‘qituvchilarga muammoli darslardan unumli foydalanish, ta’limning ilg‘or metodikasini qo‘llash usullari haqida tushunchalar berdi. 20 kun davom etgan dastur yakunlanganligi munosabati bilan shahardagi “Yulduz” madaniyat uyida tadbir o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Nazirbek Rahmonov so‘zga chiqib, ta’lim sohasidagi hamkorlik uchun Amerika Konsulligi va elchixonasiga, jumladan, amerikalik mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi.
Tadbir so‘nggida dasturda qatnashgan o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA