English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy saylov uchastkalari manzili ko‘rsatilgan inter faol xarita e’lon qilindi
19:07 / 2023-06-12

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan boshqa davlatlarda bo‘lib turgan hamyurtlarimizning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldin prezident saylovida konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida mamlakatimizning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari qoshida 56 ta uchastka saylov komissiyasi tashkil etilgan.

Saylov uchastkalari ishini vakolatxona xodimlari, konsullar, elchixona maslahatchilari nazorat qiladi. Uchastkalar manzili, eng yaqin saylov uchastkasi haqidagi batafsil ma’lumotni biriktirilgan havola orqali topish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum doirasida xorijdagi yuz minglab fuqarolarimiz uchastkalar inter faol xaritasidan foydalandi.

O‘zA