Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan diplom vakant lavozimlar uchun qabul qilinmaydimi?
18:09 / 2022-04-25

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova fuqarolardan kelib tushgan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali faoliyati bilan bog‘liq savollar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha,   xorijiy davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan  diplom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nostrifikatsiyadan o‘tkazilishi lozim. Nostrifikatsiya qilingan diplom to‘g‘risidagi guvohnoma raqami o‘rnatilgan tartibda  tegishli bazaga kiritiladi. Diplom raqami kiritilgan taqdirda fuqaroning vakansiyalar portalidagi shaxsiy kabinetida xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlaganligi  to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rinadi.

Shuningdek, agar fuqaro  vacancy.argos.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirish uchun maxfiy parolni unutib qo‘ysa, Yagona identifikatsiya tizimi id.egov.uzda olingan login va parol orqali amalga oshiriladi.  Shuning uchun fuqaro  shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parolni o‘zgartirish yoki uni tiklash borasida iduzsupport@egov.uz yoki 1242 qisqa raqami orqali ma’lumot olsa bo‘ladi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotlar tomonidan vakant lavozimi uchun e’lon qilingan tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar boshqa viloyatda bo‘lgan taqdirda masofadan videokonferensiya orqali qatnashishlari mumkin. Ya’ni nomzodlarning vakant lavozim uchun tanlov e’lon qilgan tashkilot joylashgan hududga borishlari talab etilmaydi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA