Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy mehmonlar Islom sivilizatsiyasi markazi eksponatlari bilan tanishdi
17:12 / 2025-11-13

Poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy, ma’rifiy meros va umumiy kelajak" nomli xalqaro kongress doirasida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondan kelgan mehmonlar uchun Markaz ekspozitsiyasi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilgari tariximizda bo‘lmagan ulkan va noyob loyihadir. Markaz binosi tarixiy obidalarga uyg‘un shaklda bunyod etilgan. Gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi unga alohida ko‘rk va salobat bag‘ishlagan.  

Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, nodir qo‘lyozmalar milliy reyestrini yuritish bo‘limi, qo‘lyozmalar fondi, kutubxona va arxivlar, xalqaro bo‘lim, ziyorat turizmi, manbashunoslik va nashriyot faoliyati bo‘limlaridan iborat.

Shuningdek, uning birinchi qavatida 15 ming kvadrat metr maydonni egallagan ko‘rgazma-galereya joylashgan. Unda turli tarixiy davrlarga oid buyumlar va artefaktlar namoyish etilib, ajdodlarimizning ijodiy salohiyati zamonaviy texnologiyalar va raqamli qurilmalar yordamida yoritiladi.

Ikkinchi qavatda esa 100 ming dona qo‘lyozma va litografiya, bir milliondan ortiq kitoblarni o‘z ichiga olgan ulkan kutubxona joylashadi. Shuningdek, mazkur qavatda Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy bo‘limi va xalqaro tashkilotlarning ofislari ham joylashgan.

Markazning muzey ekspozitsiyasi “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “O‘zbekiston – XX asrda”, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans poydevori”, “Qur’oni karim” zallaridan iborat. Ushbu bo‘limlar yurtimizdagi sivilizatsiya rivojlanishining turli davrlarini aks ettiradi.

Kongress 15 noyabrga qadar davom etadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA