French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy kuzatuvchilar saylov jarayonlarini qanday baholamoqda?
18:07 / 2019-12-13

Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari M.Istamov ishtirokida brifing oʻtkazildi.


Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari M.Istamov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatida eʼlon qilingan saylovchilar soni 20 million 516 ming 710 nafarni tashkil etmoqda. 12-dekabrdan boshlab, Oʻzbekiston hududidagi 10 260 ta saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi. Dastlabki kun yakunlariga koʻra 1 ming 36 nafar saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalandi.

Bunda eng koʻp Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona viloyatiga 159 tadan toʻgʻri kelmoqda. Eng kam 10 nafar shaxs Samarqand viloyatida muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 18-dekabrga qadar har kuni soat 09-00dan 18-00 gacha saylov uchastkalari binosida oʻtkaziladi.

Barcha saylovchilar bu huquqdan foydalanishlari mumkin. Buning uchun uchastka saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

Untitled design (58).png

Shuningdek, 12-dekabrdan respublikamizning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxona va konsullik idoralarida tuzilgan 55 ta saylov uchastkalarda ham muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlangan.

Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari 12-dekabrda saylovchilar zich yashaydigan, ishlaydigan yoki oʻqiydigan joylarda koʻchma saylov qutilarida sayyor tartibda muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qildilar. Saylovlarda 9 ming 308 nafar xorijda istiqomat qilayotgan fuqarolar qatnashdilar.

Xususan, Rossiya Federatsiyasida koʻchma qutilarda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni amalga oshirilib, unda 7 ming 638 nafar fuqarolarimiz qatnashdi. Xorijdagi muddatidan oldin ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tashqi ishlar vazirligi, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan.

Markaziy saylov komissiyasiga saylov kampaniyasi boshlangan kundan eʼtiboran bugunga qadar fuqarolardan 338 ta murojaat kelib tushdi. Hududlar kesimida eng koʻp murojaat Surxondaryo viloyatiga toʻgʻri kelmoqda – 69 ta. Eng kam murojaat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Jizzax viloyatlarida – 10 tadan. Kelib tushgan murojaatlarning 86 tasi yoki chorak qismi mahalliy kengash deputatligiga nomzodini koʻrsatish jarayonida noqonuniy aralashuvlar toʻgʻrisida boʻlib, ushbu murojaatlarning 41 tasi qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan, 45 tasi boʻyicha ushbu masala partiyalarning vakolatiga kirishi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.

Untitled design (61).png

75 murojaat Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodini koʻrsatilishida amaliy yordam berish toʻgʻrisida boʻlib, ushbu murojaatlar siyosiy partiyalarga oʻz vakolatida koʻrib chiqish uchun yuborilgan. 54 ta murojaat deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturi xususida maʼlumot berish haqida boʻlib, ular yuzasidan tegishli tushuntirish berilgan. 36 ta murojaat turli ijtimoiy va iqtisodiy masalalar, xususan yoʻl va koʻprik qurish, maktab yoki shifoxonani taʼmirlash toʻgʻrisida boʻlib, ushbu murojaatlar mutasaddi idoralarga yuborilgan.

35 ta murojaat sud-huquq masalalariga tegishli boʻlib, ular tegishliligi boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga oʻrganish uchun taqdim qilingan. 32 ta murojaat fuqarolar yigʻini saylovlariga oid boʻlib, mazkur murojaatlar tegishligicha mahalliy hokimlik idoralariga yuborilgan. 20 murojaat saylovga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan boʻlib, ular ishda qoʻllash uchun qabul qilib olingan.

Markaziy saylov komissiyasining bevosita vakolatiga kiradigan masala, yaʼni Qonunchilik palatasi saylovlarini oʻtkazishga oid masalalar yuzasidan shikoyatlar kelib tushmagan.

Brifingda taʼkidlanishicha, 12-dekabr kuni MDHning Kuzatuv missiyasi oʻzining Kuzatuvi natijalari boʻyicha oraliq hisobotini eʼlon qildi.

MDH Missiyasining hisobotida barcha darajadagi saylov komissiyalari aʼzolarini kaskad usulida oʻqitish, saylov jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, aholi oʻrtasida saylov qonunchiligini targʻib qilish, nogironlarning, chet elda yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqlarini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholanmoqda.

Untitled design (62) (1).png

MDH kuzatuv missiyasi hisobotida saylovoldi tashviqoti tinch muhitda va yuqori tashkiliy darajada oʻtayotganligi alohida taʼkidlangan. Boʻlajak saylovlar taraqqiyotning yangi, demokratik bosqichiga qadam qoʻygan Oʻzbekistonda parlament saylovlari mutlaqo yangi ruhda oʻtayotgani Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining kuzatuv missiyasi tomonidan alohida eʼtirof etilgan.

Shuningdek, 12-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi missiyasi saylovlarni kuzatish missiyasi Oraliq hisobotining dastlabki nusxasini oldi. Missiya tomonidan saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash boʻyicha Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini alohida qayd etib oʻtilgan.

Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni oʻtkazish tartibi va muddatlariga amal qilish, komissiyadagi ayollar soni ortishi, saylov jarayonlarini boshqarishda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish, saylovchilarning xabardorligini oshirish va saylov komissiyalari aʼzolarini oʻqitishdagi ijobiy natijalar ham alohida qayd etilgan.

Shu kabi ijobiy jihatlar bilan bir qatorda YEXHT DIIHB kuzatuvchilari saylovoldi tashviqoti kuchayib borayotgani, beshta siyosiy partiya vakillari ilk bor jonli efirda namoyish etilayotgan debatlarda qatnashayotganini eʼtirof etib, jamoat joylarida partiyalar va ularning nomzodlari toʻgʻrisidagi reklama plakatlari juda kam ekanligi, tashviqot tadbirlari asosan yopiq tarzda oʻtkazilib, siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari ochiq chinakam raqobatga kirishayotgani kam kuzatilayotganini haqli ravishda taʼkidlagan. 
 
YEXHT DIIHB saylovlarni kuzatish missiyasining Oraliq hisoboti bugun rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.