Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy kuzatuvchilar kelishi davom etmoqda
18:36 / 2021-10-06

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik qizg‘in kechayotgan shu kunlarda yurtimizga xorijiy kuzatuvchilar kelib, saylov kampaniyasining borishini o‘rganmoqda.

[gallery-4182]

Ushbu maqsadda MDH davlatlari saylovlarini kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. U Namangan shahri va Norin tumanidagi saylov uchastkalarida saylovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, komissiya a’zolari va turli qatlamdagi saylovchilar bilan suhbat qurdi.

Yevgeniy Kozyak 6-Namangan okrug saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turg‘unov bilan uchrashib, o‘zaro fikr almashdi. Saylov uchastkalaridagi sharoitlardan mamnunligini bildirdi. Ayniqsa, saylov okrugidagi texnik, uslubiy qo‘llanmalar saylov jarayonlari mas’ullari uchun nihoyatda qimmatli ekanligini qayd etdi. Namanganda saylov kuniga tayyorgarlik jarayonlari demokratik asosda olib borilayotganini alohida ta’kidladi.

– O‘zbekistonda sakkizinchi marotaba saylovlarda ishtirok etishim, - deydi Ye. Kozyak. – Bu galgi xalq tomonidan o‘tkazilayotgan shaffof saylov nafaqat O‘zbekiston, balki Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va xalqlari uchun ham ahamiyatlidir.

 

Hotam MAMADALIEV (surat),  O‘zA