O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugi hududidagi 20-saylov uchastkasiga “Mir i Omonima” gazetasi bosh muharriri Inga Abgarova tashrif buyurdi.
Kuzatuvchini uchastka saylov komissiyasi raisi Umid Sobirov kutib oldi.

Mexmonlar dastlab saylov uchastkasi bilan tanishdi. Uchastkadagi umumiy saylovchilar soni, birinchi marta ovoz beruvchilar =aыida batafsil ma’lumot berildi.
– Buxoro maftunkor va tarixiy shahar, – deydi “Mir i Omonima” gazetasi bosh muharriri Inga Abgarova.

– Odamlaringiz juda mehmondo‘st. Saylov bahonasida odamlar bilan suhbatlashdim. Bir olam taassurot oldim. Aslida biz yurtingizda o‘tayotgan Prezident saylovini yoritish uchun kelganmiz. Saylov uchastkalarida bo‘lib, muhim bu jarayonga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdim. Uchastkalarda bo‘lib, komissiya a’zolari bilan suhbatlashdim.
Ish jarayonlari bilan tanishdim. Men bo‘lgan saylov uchastkalarida saylovga puxta hozirlik ko‘rilganiga guvoh bo‘ldim. Katta-kichik saylovchilar ertalabdan yaxshi kayfiyatda emin-erkin kelib, ovoz bermoqda. Demak, odamlar ertangi kelajagiga befarq emas. Albatta, bu jarayonlarning barchasini keng yoritaman.

Mazkur uchastkada umumiy saylovchilar soni 2 ming 691 nafarni tashkil etadi. Birinchi marta ovoz beruvchi saylovchilar soni 128 nafar yoshlardan iborat.
Xorijlik mehmon yangilanayotgan yurtimizdagi o‘zgarishlarni yuksak baholadi.
Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA