Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy jurnalistlar Navoiyda
17:46 / 2023-05-19

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navoiy viloyati turizm salohiyatini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib etish maqsadida dunyoning ko‘zga ko‘ringan nashrlarining 14 nafar vakillari ishtirokida info-tur tashkil etildi.

Ular “Al Jazeera”, “Deccan Herald”, “Anadolu Agency”, “Al Mustakillah TV”, “EuroNews”, “Architectural Digest”, “TRT World”, “Viajes Comigo”, “TVS”, “Citizen Femme”, “Pakistan Observer”, “Asian Geographic”, “Bokra” kabi televideniye, jurnal, gazeta va saytlarda faoliyat olib boradi. Joriy yilning 29 mart kuni Prezidentimiz rahbarligida turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xorijiy sayyohlarning yurtimizga tashrifini yanada oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berilgan edi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatiga 2017 yilga qadar 16,5 ming nafar xorijiy va 614 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatilgan bo‘lsa, 2017-2022 yillarda xorijiy sayyohlar tashrifi 8,5 barobarga, mahalliy sayyohlar tashrifi esa 11,6 barobarga oshgan holda jami 141,5 ming nafar xorijiy va 7,1 million nafar mahalliy sayyohlar kelib ketgan. Shuningdek, viloyatda 2017 yilga qadar tur yo‘nalishlar soni 5 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2017-2022 yillarda 40 ta tur yo‘nalish tashkil etildi.  

2022 yilda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida Zarafshon-Qoraqum koridorida joylashgan “Raboti Malik”, “Sardoba”, “Mir Said Bahrom”, “Qosim Shayx”, “Mavlono Orif Deggaroniy” madaniy meros ob’ektlarini YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari ro‘yxatiga kiritish uchun barcha ilmiy hujjatlar O‘rta Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilib, YUNESKOga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.  

Bugungi kunda viloyatda 25 ta turkompaniyalar 69 ta zamonaviy transport vositalari orqali xizmat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda 8 ta ekoturizm, 7 ta ziyorat turizmi va 5 ta agroturizm yo‘nalishida yangi marshrutlar ishlab chiqildi.

Navoiy viloyati Samarqand va Buxoro viloyatlari o‘rtasida joylashganligi hisobiga, qariyb 350 kilometr masofani qamrab olgan Navoiy “turizm halqasi” tashkil qilindi. Turizm halqasi viloyatning Xatirchi, Nurota, Navbahor, Karmana, Qiziltepa tumanlarini qamrab olgan. Bunda xorijiy va mahalliy sayyohlarni viloyat hududida 2-3 kun olib qolishga mo‘ljallangan 15 ta turistik yo‘nalishlar ishlab chiqildi. Undagi ob’ektlar soni 60 tani tashkil qilmoqda. Ikki kunlik info tur davomida xorijiy OAV vakillari Karmana tumanidagi Qosim Shayx, Mir Said Bahrom, Mavlono Orif Deggaroniy turizm ob’ektlari, Nurota tumanidagi “Chashma” majmuasiga, shuningdek, Aydarko‘l dam olish maskaniga tashrif buyurdi.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA