Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbarini lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berildi
13:23 / 2024-01-18

O‘tkazilayotgan yig‘ilishda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi ham faqat forumlar o‘tkazish bilan cheklanib qolgani tanqid qilindi.

Agentlikning tumanlar kesimida investitsion xaritasi ham yo‘q.  

Agentlik rahbari M.Mirzayevni egallab turgan lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berildi.  

Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayevga har bir hudud va tarmoqdagi o‘tgan yilgi qoloqliklarni hisobga olgan holda yangilangan investitsiya dasturini kiritish topshirildi.  

Investitsiya vazirining 3 ta o‘rinbosari xorijiy investitsiya ko‘p talab qiladigan tarmoqlarga, sog‘liqni saqlash va transport sohalariga investitsiya jalb qilish uchun mas’ul etib biriktirildi.  

Yig‘ilishda kompleks rahbariyati, tarmoq va hududlar rahbarlari 38 milliard dollarlik, bunga qo‘shimcha Energetika vazirligi 15 milliard dollar investitsiya jalb qilish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.  

 

O‘zA