French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy hamkorlar bilan aloqalar ta’lim sifati va samaradorligini oshiradi
13:25 / 2023-03-28

Xorijiy tajribalar asosida yurtimiz ta’limini rivojlantirish eng samarali yo‘ldir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi «Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Jahon bankining Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasi ishtirokida «Oliy ta’limni modernizatsiya qilish» loyihasi amalga oshirildi.  

bugungi kunga qadar mazkur loyiha doirasida "Ichki va tashqi sifatni ta’minlash" (Internal and External Quality Assurance) bo‘yicha "Shbeeman Consulting Company" xorijiy ekspertlari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasida sifatni ta’minlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi va samarali natijalarga erishildi.  

Mazkur loyihaning yakuniy qismi sifatida joriy yilning 31 mart kuni «Oliy ta’limda sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish» bo‘yicha forum o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu forumda ishtirok etish uchun Jahon banki loyihasining xalqaro maslahatchisi professor Bastian Baumann taklif etilgan. U bugun 28 mart kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi.  

Loyiha doirasida tanlab olingan oliy ta’lim muassasalari orasida «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti ham borligi quvonarlidir. Professor Bastian Baumann tomonidan «Oliy ta’limda sifatni oshirish va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish» mavzusidagi seminarda universitet prorektorlari Abduhakim Salohiddinov, Baxtiyor Xudoyorovlar hamda boshqa oliy ta’lim muassasasidan vakillar ishtirok etdi, deya xabar beradi universitet matbuot xizmati.  

 

O‘zA