Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy ekspertlar O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholamoqda (+video)
14:05 / 2025-04-18

Kuni kecha poytaxtimizda boshlangan “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: O‘zbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bugun o‘z ishini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur anjumanda yangilangan Konstitutsiya sharoitida parlament va mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari qizg‘in muhokama qilinmoqda.  

Konferensiyaning ahamiyati xususida deputatlarning fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

— 30 aprel kuni Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilinganiga 2 yil to‘ladi, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xushvaqt Hayitov. — Shu davrda yangi konstitutsiyaviy normalar asosida muayyan yutuqlarga erishildi. Xususan, parlament va vakillik organlari faoliyati yangi bosqichda rivojlandi.  

Parlament faoliyatini takomillashtirish, xalqaro ilmiy tajribalar bugungi konferensiya kun tartibida muhokama qilinmoqda. Unda o‘nga yaqin davlat vakillari, parlamentariylari ishtirok etib, o‘z tajribalarini bo‘lishishayotgani va O‘zbekiston tajribasiga ham e’tibor berib, qiyosiy taqqoslashayotgani e’tiborga molik. Xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekistondagi islohotlar yuqori baholanmoqda. Ayniqsa, Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalar uch barobardan ziyod oshgani, davlatning ijtimoiy majburiyatlari ortgani ijobiy e’tirof etilmoqda.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UvvwLhDZ9pw" title="Xorijiy ekspertlar Oʻzbekistondagi islohotlarni yuqori baholamoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda. 

Muhtarama Komilova,

Anvar Ahmedov (video), O‘zA