Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy ekspertlar Buxoro va Xorazm viloyatlarining investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ish olib bordi
10:52 / 2022-09-26

Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev "International Development Ireland" (IDI" Irlandiya Respublikasi) rahbariyatini qabul qildi. Oxirgi bir yil davomida ekspertlar guruhi Buxoro va Xorazm viloyatlarining investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ish olib borgan edilar.

Kompaniya vakillari ITSV huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi va IDI  o‘rtasida tuzilgan shartnomaning birinchi bloki doirasida bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlarni taqdim etdi. Xususan, kompaniya Buxoro va Xorazm viloyatlarining investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks strategiyalarni ishlab chiqqani, vazirlik rahbariyati va xodimlari hamda investitsiyalarni jalb qilish sohasiga mas’ul tashkilotlar vakillari uchun bevosita va onlayn tarzda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha malaka oshirish dasturiga muvofiq treninglar o‘tkazgani qayd etildi. Mashg‘ulotlarda Irlandiya Respublikasi Investitsiyalarni jalb qilish agentligi mutaxassislari ishtirok etdi.

Kompaniya mutaxassislari tomonidan Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari ko‘magida IDI hududiy ofislari ochildi. Hamda ikkala viloyatlarda 25 ta kompaniyaning investitsiyaviy imkoniyatlari baholandi. 620 investorga hududda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi, ulardan 16 nafari takliflarga qiziqish bildirib o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni boshladilar. Investorlar asosan tibbiy va mehmonxona xizmatlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish, chorvachilik, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va sotish yo‘nalishlari bilan qiziqmoqdalar.

Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari O‘zbekistonda faoliyatini davom ettirishga tayyorligini bildirdi. IDI Vazirlikning hududiy tuzilmalari faoliyatini transformatsiyalash va samaradorligini oshirishga qaratilgan konsepsiyani ishlab chiqib, taqdim etadi. Konsepsiya navbatdagi muzokaralar davomida ko‘rib chiqiladi.

 

O‘zA