Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilib, pul olgan shaxslar ushlandi
10:37 / 2023-03-30

Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.N. fuqarolar G.A. va K.O‘.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki migratsiya xizmatida ishlovchi tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 6,4 ming AQSH dollari olgan.

Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Departament hamda DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar A.Sh. va K.N. fuqaro E.X.ning ishonchiga kirib, uni migratsiya xizmati orqali Angliya davlatiga ishga yuborish va hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga ming AQSH dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. fuqarolar I.A. va U.I.ning ishonchiga kirib, ularni Yaponiya yoki Janubiy Koreya davlatlariga ishga yuborish evaziga jami 4 ming 850 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi.  

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA