Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy davlatlardan import qilinadigan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
18:18 / 2024-01-29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, чорvaчилик xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomdachorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so‘mdan, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘mdan subsidiya ajratish tartibi;

subsidiya oluvchilar ro‘yxatini shakllantirish, subsidiya oluvchilarga qo‘yiladigan talablar, subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi belgilab berilgan.

Subsidiya oluvchiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Go‘sht va sut yo‘nalishidagi xo‘jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilinadigan nasldor qoramollarning bo‘g‘ozlik muddati 6 oygacha bo‘lishi, tirik vazni 450 kilogrammdan va tug‘ish vaqtida kutilayotgan yoshi 30 oydan ko‘p bo‘lmasligi hamda urug‘lantirgan nasldor buqa to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud bo‘lishi lozim.

Xorijiy davlatlardan import qilinadigan nasldor qo‘y va echkilar quyidagi talablarga mos kelishi shart:

tana tuzilishi - mustahkamligi;

nasldor qo‘y va echkilar yoshi 6 oylikdan kam bo‘lmasligi.

Subsidiya oluvchi xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni kamida 2 avlod olgungacha saqlashi shart.

O‘zA