So‘nggi yillarda transport va turistik xizmatlar imkoniyatlarining kengayishi aholining sayohatga bo‘lgan qiziqishi ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda 7,6 million nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 million nafarga yoki 22,2 foizga oshgan.
Hisobotda qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar eng ko‘p qo‘shni davlatlarga sayohat qilgan. Xususan, Qirg‘iz Respublikasiga 3,3 million nafar, Qozog‘iston va Tojikistonga esa 1,3 million nafardan fuqaro tashrif buyurgan.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 433,3 ming nafar, Saudiya Arabistoniga 366,2 ming nafar, Turkiyaga 268,9 ming nafar fuqaro safar qilgan. Bundan tashqari, BAA (139,4 ming), Misr (65,4 ming), Xitoy (52,6 ming) va Vetnam (39,1 ming) o‘zbekistonliklar eng ko‘p borgan davlatlar qatoriga kirgan.
Hamroz Bayanov, O‘zA