Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
07:30 / 2026-02-06

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, Namangan shahridagi konsalting firma rahbari 2001 y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan holda, tanishlari orqali uni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 1,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Navbatdagi holatda esa Namangan shahrida faoliyat olib boruvchi boshqa bir konsalting firma ish yurituvchisi o‘zining tanishlari orqali, To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. fuqaroni Latviya davlatiga ishga yuborish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar ogoh bo‘ling! Xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq turli xil shubhali takliflarga aldanib qolmang.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va chet elga ishga yuborish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.