Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijga chiqish uchun Amerika vaksinasini olish shartmi?
15:54 / 2021-08-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, boshqa davlat fuqarosi borayotgan davlati talablariga rioya qilishi shart bo‘ladi va,  albatta, o‘sha davlatda belgilangan vaksinalar ro‘yxati bo‘yicha emlanib borish maqsadga muvofiq. Bunday holatda chet el fuqarosi sifatida shu davlat aholisi orasida “COVID-19” kasalligi tarqatuvchisi bo‘lmaslik juda muhim hisoblanadi.

Ammo O‘zbekiston–Xitoy vaksinasining 1-bosqichi bilan emlangan bo‘lsa, shu vaksina bilan to‘liq emlanish  talab etiladi. Bu vaksina ro‘yxatiga kiritilgan davlatlar ham ko‘p,fuqaro  shu davlatlarga bemalol borishi mumkin.  

Agar reja qilgan davlatning ro‘yxatida bu vaksina bo‘lmasa, to‘liq vaksinatsiyadan o‘tgandan so‘ng 3-6 oy o‘tib, oilaviy shifokorga uchrashish, organizmdagi hosil bo‘lgan antitanachalar va salomatligingiz holati baholangan holda, mos keladigan turdagi vaksinani olish mumkin.  

Davlatimizda vaksinalar kelishi va emlanish jarayoni borasida logistik taqsimot va nazoratini olib borish uchun elektron nazorat tizimi mavjud. Mazkur tizim asosida zahiradagi vaksinalar va emlanayotganlar soni va ta’minot o‘z vaqtida bo‘lishi nazorat qilinadi.

Moderna vaksinasi olib kelinganida bu vaksina bilan emlangan fuqaro  logistik ro‘yxatga kiritiladi va keyingi bosqich vaksinatsiyaga kelish sanasi ham  belgilab qo‘yiladi. Birinchi doza vaksinani olganlar uchun ikkinchi doza ta’minoti albatta bo‘ladi.  

Muhayyo  Toshqorayeva, O‘zA