Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijga chiqish pasportlarii egalariga topshirildi
18:44 / 2022-01-18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni bilan 2022 yil 1 yanvardan O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilmoqda.

Mazkur xizmat joriy yilning 5 yanvaridan Shahrisabz shahri va tumani hamda Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazlarida sinov tariqasida ko‘rsatilmoqda. Bugun markaz orqali ariza topshirgan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti topshirildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA