French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdan yuborilgan pul kupyuralari qalbaki bo‘lib chiqdi
18:48 / 2021-12-09

Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaroning nomiga chet eldan kelgan pul kupyuralari qalbaki bo‘lib chiqdi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ATB «Agrobank» Olot filiali tomonidan fuqaro Sh.R. ning turmush o‘rtog‘i fuqaro R.N. nomiga Turkiya Davlatidan «Zolotaya Korona» pul o‘tkazmasi orqali kelgan 400 AQSH dollarining qalbaki ekanligiga shubha tug‘ilganligi uchun tekshirilganda, Buxoro viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu pullardan 300 AQSH dollari qalbaki ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA