Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdan qirg‘ovullar va Hindiston oq tovuslarini olib kirayotgan fuqaro to‘xtatildi
17:36 / 2024-09-17

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” chegara postida qonunbuzarlik holati aniqlandi.

Xabarga ko‘ra, Andijon viloyatida yashovchi fuqaro M. N. Checheniston Respublikasidan 22 dona, 4 turdagi qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini chegara bojxona postidan noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatildi. Tekshiruv davomida fuqaro tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagani, shuningdek, veterinar xulosasida qushlarning nomi va soni noto‘g‘ri ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Qushlar vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar, Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha topshirildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA